Jamiyat

DXX Toshkentda jangovar qurollar saqlagan shaxslarni qo‘lga oldi
17 may 2024, 11:41

DXX Toshkentda jangovar qurollar saqlagan shaxslarni qo‘lga oldi

Toshkent shahrida Rossiyadan olib kelingan 3 dona Makarov, 1 dona TT pistoleti va patronlarini saqlab kelgan shaxslar ushlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi ochildi.

Jizzaxda uchta yuk mashinasi to‘qnashdi
17 may 2024, 11:23

Jizzaxda uchta yuk mashinasi to‘qnashdi

Sharof Rashidov tumanida 2 ta Howo va Sany yuk mashinalari o‘rtasida YTH sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida jarohat olganlar yo‘q.

Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jomart Toqayevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi
17 may 2024, 10:42

Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jomart Toqayevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev telefon orqali Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayevni tavallud kuni bilan tabrikladi. O‘zbekiston prezidenti unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar, qardosh qozoq xalqiga tinchlik va ravnaq tiladi.

“11 metrdan tepolmaganning o‘rnida o‘zim bo‘lsam dedim”. Prezident U-23 finalini esladi
17 may 2024, 09:08

“11 metrdan tepolmaganning o‘rnida o‘zim bo‘lsam dedim”. Prezident U-23 finalini esladi

Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha Yaponiyaga qarshi U-23 finalini eslab, jamoa penaltidan unumli foydalana olmay, mag‘lub bo‘lgach, 3 kun uxlamay chiqqanini aytdi. “Uning o‘rnida o‘zim bo‘lsam dedim. Bittagina to‘p-a!” degan prezident jamoaning Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olganini katta yutuq deb atadi.

O‘zbekistonda ELLE xalqaro nashri ish boshlaydi
17 may 2024, 08:05

O‘zbekistonda ELLE xalqaro nashri ish boshlaydi

O‘zbekiston bozoriga ELLE media brendi kirib keladi. ELLE Oʻzbekiston xodimlarni ishga qabul qilishni boshladi.

Andijonda 80 sotix yerni 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
17 may 2024, 00:39

Andijonda 80 sotix yerni 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida 80 sotix noturar yerni 160 ming dollarga, Samarqand viloyati Payariq tumanida 2,1 gektar yerni 36 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqarolar qo‘lga olindi. Ularga nisbatan ikkita modda bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

Toshkentda o‘gay onasining qiynoqlari sabab uyidan chiqib ketgan bolaga yordam ko‘rsatildi
17 may 2024, 00:21

Toshkentda o‘gay onasining qiynoqlari sabab uyidan chiqib ketgan bolaga yordam ko‘rsatildi

Toshkentda o‘gay onasining qiynoq va zulmlari sabab uyidan chiqib ketgan voyaga yetmagan bola ijtimoiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirildi. Bola qarovsiz qolishi natijasida uning ta’lim olishi va tarbiyasi izdan chiqib ketgan, deb yozdi IHMA.

O‘zbekistonda “Tirik tarix” turkum filmlari yaratiladi
17 may 2024, 00:01

O‘zbekistonda “Tirik tarix” turkum filmlari yaratiladi

O‘zbekistonda eng qadimgi o‘tmishdan to yaqin tarixgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olgan “Tirik tarix” turkum filmlari yaratiladi. “Agar tariximizni dunyoga tarannum etmoqchi bo‘lsak, xalqimizning milliy g‘ururini ko‘tarmoqchi bo‘lsak, buni birinchi navbatda kino yordamida amalga oshirishimiz kerak”, — dedi prezident.

16-may kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
16 may 2024, 23:01

16-may kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Toshkentda ochilgan Botir Zokirov haykali, 23-maydan boshlanadigan Haj mavsumi, yomg‘irdan so‘ng suv bosgan Toshkent ko‘chalari, sobiq bosh prokuror o‘g‘lining Dubaydagi ofislari va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Toshkentdagi barcha LED ekranli reklamalarning yorug‘lik darajasi me’yorga keltiriladi
16 may 2024, 22:43

Toshkentdagi barcha LED ekranli reklamalarning yorug‘lik darajasi me’yorga keltiriladi

Toshkent aholisining shikoyatlari sabab hokimiyat yaqin 2 oyda barcha LED ekranlardagi reklamalarning yorug‘lik darajasini tekshirib chiqmoqchi. Dastlabki o‘rganishlarda ularning 90 foizidan ko‘pi me’yordan ortiq yorug‘lik tarqatishi aniqlangan. Endi ushbu tartibni buzgan ekran egalari elektr tarmog‘idan uzib qo‘yiladi.

“Asakabank” Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan “O‘zbekistondagi eng faol emitent-bank” sifatida taqdirlandi
16 may 2024, 21:00

“Asakabank” Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan “O‘zbekistondagi eng faol emitent-bank” sifatida taqdirlandi

2024-yilning 14-may kuni Yerevanda bo‘lib o‘tgan YeTTB boshqaruvchilar kengashining 33-yillik yig‘ilishida “Asakabank” O‘zbekistonda savdoni moliyalashtirish bo‘yicha “Eng faol emitent bank” sifatida e’tirof etildi.

“Xavfsiz hayot uchun birlashaylik” shiori ostida sport tadbirlari o‘tkazilishi belgilandi
16 may 2024, 19:00

“Xavfsiz hayot uchun birlashaylik” shiori ostida sport tadbirlari o‘tkazilishi belgilandi

19-may kuni “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida “Xavfsiz hayot uchun birlashaylik” shiori ostida keng qamrovli ma’naviy-ma’rifiy, vatanparvarlik va sport tadbirlari bo‘lib o‘tadi. Bosh sovrin — 10 mln so‘m.

Ko‘chmas mulk xaridida nimalarga e’tibor berish kerak? Mutaxassislar tavsiyasi
16 may 2024, 17:56

Ko‘chmas mulk xaridida nimalarga e’tibor berish kerak? Mutaxassislar tavsiyasi

Fuqarolar ko‘chmas mulk xaridi uchun shartnoma tuzayotganda noqulay sharoitga tushishi yoki firibgarga aldanib qolishi mumkin. “CaEX Bizning uylar 2024” ko‘rgazmasida ekspertlar shartnomada nimaga e’tibor berish kerakligi, boshqa davlatlarda xaridor va davlat budjeti qanday sug‘urta qilinishini tushuntirdi.

Toshkentda bir qator ko‘cha va chorrahalar ta’mirlanadi — ro‘yxat
16 may 2024, 17:24

Toshkentda bir qator ko‘cha va chorrahalar ta’mirlanadi — ro‘yxat

Maydan sentabr oyiga qadar Toshkentning qator chorraha va ko‘chalarida rekonstruksiya ishlari olib boriladi. Jarayon soat 22:00 dan 06:00 gacha bajarilishi reja qilinmoqda. Hokimlik “ish jarayonida noqulayliklar tug‘ilishi muqarrar ekani”, biroq barcha imkoniyatlarni ishga solishini bildirdi.

Toshkentda fuqaroni 2 mln so‘m evaziga ishga joylab qo‘ymoqchi bo‘lgan metropoliten xodimasi ushlandi
16 may 2024, 16:45

Toshkentda fuqaroni 2 mln so‘m evaziga ishga joylab qo‘ymoqchi bo‘lgan metropoliten xodimasi ushlandi

Toshkent metropoliteni xodimasi firibgarlikda gumonlanib ushlandi. U fuqaroni 2 mln so‘m evaziga ishga joylab qo‘yishni va’da qilgani aytilmoqda.

Dubai Unlocked surishtiruvi: O‘zbekiston sobiq bosh prokurori o‘g‘lining Dubayda 8 mln dollarlik ko‘chmas mulki bor
16 may 2024, 16:42

Dubai Unlocked surishtiruvi: O‘zbekiston sobiq bosh prokurori o‘g‘lining Dubayda 8 mln dollarlik ko‘chmas mulki bor

Xalqaro jurnalistlar Dubaydagi mulk egalari haqida ma’lumot beruvchi Dubai Unlocked surishtiruvini e’lon qildi. Unda O‘zbekiston sobiq bosh prokurori Rashitjon Qodirovning o‘g‘li — qidiruvga berilgan Alisherbek Qodirovning umumiy qiymati deyarli 8 mln dollar bo‘lgan 4 ta ofisga egalik qilishi aytilgan.

Farg‘ona va Surxondaryoda bola o‘g‘rilari paydo bo‘lgani haqidagi xabarlar yolg‘on ekani aytildi
16 may 2024, 16:02

Farg‘ona va Surxondaryoda bola o‘g‘rilari paydo bo‘lgani haqidagi xabarlar yolg‘on ekani aytildi

Telegram kanallarida Farg‘ona va Surxondaryo viloyatlarida bola o‘g‘rilari paydo bo‘lgani bilan izohlangan videolar tarqaldi. Ikki viloyat IIBlari ushbu xabarlar asossiz ekani, videolarda esa boshqa holatlar tasvirlanganini ma’lum qildi.

O‘zbekistonda Haj mavsumi 23-maydan boshlanadi
16 may 2024, 15:24

O‘zbekistonda Haj mavsumi 23-maydan boshlanadi

O‘zbekistonda 2024-yilgi Haj mavsumi 23-maydan boshlanadi. Saudiya Arabistonining Madina shahriga O‘zbekistonning 10 ta shahridan 7-iyunga qadar har kuni aviaqatnovlar amalga oshiriladi.

IT Park University tomonidan MacBook Pro o‘ynalmoqda
16 may 2024, 15:00

IT Park University tomonidan MacBook Pro o‘ynalmoqda

IT Park University`da kirish imtihonlarini topshirishda MacBook Pro aksiyasida ishtirok etish imkoniyati mavjud.

Antikorrupsiya agentligi 8,1 mlrd so‘mlik noqonuniy davlat xaridlari oldi olinganini ma’lum qildi
16 may 2024, 13:06

Antikorrupsiya agentligi 8,1 mlrd so‘mlik noqonuniy davlat xaridlari oldi olinganini ma’lum qildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi 19 ta holatda 8,1 mlrd so‘mlik davlat xaridlarining qonunchilikka zid amalga oshirilishi oldi olinganini ma’lum qildi. Eng ko‘p qonun buzilishi holatlari ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida aniqlangan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting